Janubiy Koreya prezidenti aprelda iste'foga chiqishga rozi bo‘lmoqchi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe 2017 yil aprel oyining oxirlarida iste'foga chiqish borasidagi talabga rozi bo‘lmoqchi. Bu haqda hukmron “Senuri” partiyasining parlamentdagi amaldori ma'lum qilgan.
Bunday taklif hukmron partiya tomonidan prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berish o‘rniga bildirilgan. Jarayon juma kunidayoq bo‘lib o‘tishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, muxolif partiyalar va jamoatchilik prezident taqdirini bunday yo‘l bilan hal qilishga rozi bo‘lmasligi haqiqatga yaqinroq, deb xabar qiladi TBS telekompaniyasi.
Yakshanba kuni hukmron partiyadagi norozi bo‘lgan fraksiya impichmentni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani haqida ma'lum qildi. Bunday holat partiya va muxolifat o‘rtasida kelishuvga erishilmasa yuz berishi mumkin.
Muxolif partiyalar esa prezident impichmenti bo‘yicha masalani juma kungi ovoz berish jarayoniga qo‘yish niyatida. Masala ijobiy hal etilishi uchun 300 deputatdan 200 tasi ovoz berishi lozim. Muxolif deputatlarga esa faqatgina 172 ovoz tegishli bo‘lib, bunday vaziyatda hukmron partiya 28 nafar a'zosining ovozi hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreya prezidenti bilan bog‘liq siyosiy mojaro OAV Pak Kin Xe dugonasi Tsoy Sun Silga o‘z nutqlarini tahrirdan o‘tkazish imkonini bergani haqida xabar berishgach, boshlandi. Bunday holat ular rasman o‘qib eshittirilishidan avval yuz bergan.
Mavzuga oid
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
12:30 / 05.11.2024
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30 / 05.11.2024
YeI va Janubiy Koreya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
21:13 / 04.11.2024