Jahon | 00:24 / 08.12.2016
7102
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklar pasportida saylovlar uchun sahifa paydo bo‘lishi mumkin

Foto: TASS

Rossiyaliklar pasportida saylovlarda ovoz berganlikni qayd qilish uchun qo‘shimcha sahifa paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi Rossiya davlat dumasiga kelib tushdi, deb xabar bermoqda "Moskva" axborot agentligi. 

"Davlat dumasiga ko‘pchilik taklif qilgan qonun loyihasi kelib tushdi, unda bir necha saylov uchastkalarida ovoz berishga yo‘l qo‘ymaslik uchun pasportga fuqaro ovoz bergani haqidagi belgi qo‘yiladigan qo‘shimcha sahifa kiritish taklif qilingan. Shu tariqa boshqa saylov uchastkalarida ovoz berish imkoniyati istisno etiladi", deb aytdi Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova.

Moskalkovaning aytishicha, bu saylov paytida "arg‘imchoq" ovoz berish deb ataluvchi muammoning hal qilinishiga imkon beradi. 

Bir fuqaroning bir nechta saylov uchastkasida ovoz berishi "arg‘imchoq" ovoz berish deb ataladi. Yuqorida taklif etilgan qonunga ko‘ra, pasportiga ovoz bergani haqida belgi qo‘yilgan fuqaro, tabiiyki boshqa uchastkada ovoz bera olmaydi.

 

Mavzuga oid