Jahon | 18:05 / 11.12.2016
9484
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada cherkov qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 160 nafarga yetdi

Foto: AP

Uyo shahrida (Akva-Ibom shtati, Nigeriya) cherkov tomi tushib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 160 nafarga yetdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Akva-Ibom shtatidagi cherkovni yangi yepiskop sharafiga tezroq foydalanish uchun topshirishga shoshilishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, cherkovning qulashi vaqtida uning ichida yuzdan ziyod kishi bo‘lgan. Ular orasida shtat gubernatori Udom Emmanuel ham bo‘lib, unga zarar yetmagan.

Qurbonlar soni ortishi mumkin, deyiladi xabarda. Gubernator vakilining xabar berishicha, bino qulashi sabablari o‘rganiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid