Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati: Moskvada IShID bir necha teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘ldi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada IShID tomonidan amalga oshirilmoqchi bo‘lgan teraktlar oldini oldi, deb xabar beradi RIA «Novosti».
«Tojikiston va Moldova fuqarolaridan tashkil topgan terrorchilik guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. Ular Moskva shahrida qo‘lbola portlovchi qurilmalar yordamida bir necha terrorchilik xurujlarini amalga oshirmoqchi bo‘lishgan», - deb xabar qilishdi mahkamada.
FXX ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar Turkiyadagi IShID vakilidan terrorchilik hujumlarini tashkillashtirish haqida ko‘rsatma olishgan.
Aniqlashtirilishicha, Moskvada guruhning to‘rt ishtirokchisi qo‘lga olindi. Ular uyidan tintuv jarayonida qo‘lbola portlovchi qurilmalar, o‘qotar qurollar topilgan.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026