Venesuela aholisi naqd pul yetishmayotganiga qarshi norozilik bildirmoqda
Venesuelaning bir necha shtatlarida naqd pul yetishmayotgani va do‘konlarning 100 bolivarlik qog‘oz pullarni qabul qilishni rad etayotganlariga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Mamlakat aholisi naqd pul yetishmovchiligi muammosini hal qilishni talab qilmoqda. Bir hafta avval, 12 dekabrda Venesuela 100 bolivarlik qog‘oz pulni muomaladan chiqarishi ma'lum bo‘lgandi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, bu mafiyaga qarshi kurash bilan bog‘langan.
Shu sababli 17 dekabrda Tachira, Truxilo, Monagas, Ansoategi, Bolivar, Barinas va Suliya shtatlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Aholining ta'kidlashicha, savdogarlar va transportda tashuvchilar 100 bolivarlik qog‘oz pulni qabul qilishdan bosh tortishmoqda. Nashrning ta'kidlashicha, ayni vaqtda mamlakat hukumati bu holat bo‘yicha hech qanday rasmiy izoh bermagan.
Mavzuga oid
23:16 / 19.09.2024
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
19:59 / 15.09.2024
Venesuela AQShni mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi
14:00 / 09.09.2024
YeI Venesuelada muxolifatni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi
18:15 / 08.09.2024