Sport | 23:43 / 18.12.2016
6346
1 daqiqa o‘qiladi

Yemelyanenko Rossiya MMA ittifoqi prezidenti lavozimiga qayta saylandi

Rossiyalik mashhur aralash yakkakurash jangchisi Fyodor Yemelyanenko Rossiya MMA ittifoqi prezidenti lavozimiga qayta saylandi, deb xabar bermoqda FAN.

Shuningdek, ititfoqning vitse-prezidentlari Radmir Gabdullin va Boris Burziyev ham o‘z lavozimlariga qayta saylandilar.

Yemelyanenko ittifoqni u 2012 yilda tashkil topgandan beri boshqarib keladi. 40 yoshli Yemelyanenko shuningdek sportchilik faoliyatini ham davom ettirib kelmoqda. "Rus bahodiri" keyingi jangini 18 fevralda AQShning San-Xose shahrida amerikalik Mett Mitrionga qarshi o‘tkazadi.

 

Mavzuga oid