Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Fyodor Yemelyanenko Bellator Gran-prisi çempioni kamari uçun amerikalik Rayan Beyder bilan bahsdan söng faoliyatini yakunlaşi mumkin ekani haqida izoh berdi. Bu haqda Sport24 xabar qilmoqda.

Sportçi MMA’dan ketişiga nima sabab bölişi mumkinligini aytdi.

«Bu haqda faqat jangdan keyin gapiriş mumkin. Köramiz. Albatta, bu haqda öylayapman. Gap men jang qilişni xohlamasligimda emas. Lekin yoşim ança katta bölib qolgani sezilmoqda. Köramiz», - deya xulosa qilgan Yemelyanenko.

Rossiyalikning amerikalik sportçi bilan uçraşuvi 27 yanvarga ötar tunda Los-Anjyelesda bölib ötadi. U Bellator 214 musobaqasining asosiy voqeasiga aylanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi öğli uçun uç nafar raqib topgandi.