Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Fyodor Yemelyanenko Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi çempioni Habib Nurmagomedovning irlandiyalik Konor Makgregor bilan bahsdan keyingi xatti-harakati haqida öz fikrini bildirdi.
«Ehtimol, bu jang oldidan sodir bölgan hamma narsaga his-tuyğular javobiga aylandi. Biroq, mening fikrimça, professional professional bölib qolişi va hissiyotlarga berilmasligi kerak», - deya Yemelyanenkoning sözlarini keltiradi Sport24.
6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötgan UFC 229 musobaqasida Nurmagomedov törtinçi raundda Makgregorni böğiş uslubida mağlubiyatga uçratdi va yengil vazn toifasidagi çempionlik kamarini himoya qildi. Bahsdan söng rossiyalik tomoşabinlar ötirgan zalga yugurib çiqdi hamda irlandiyalikning murabbiyi bilan mojaro keltirib çiqardi. Habibning sekundanti Zubayra Tuxugov va jangçining qarindoşi Abubakr Nurmagomedov Makgregor bilan oktagonda muştlaşuv uyuştirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangda nimalarni his qilgani haqida gapirgandi.












