Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda "Yevrosiyo" tunneli ochildi
20 dekabrda Istanbulda Bosfor ko‘rfazi tagidan o‘tuvchi "Yevrosiyo" tunneli ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, bosh vazir Binali Yildirim hamda ko‘plab xorijiy davlatlar yetakchilari, bosh vazirlari, vazirlari va elchilari ishtirok etdi.
Turkiya prezidenti tadbirdagi nutqida tunnel Istanbulning Yevropa va Osiyo qismini bog‘lashga qaratilganini aytdi.

"Avtomobil tunnelining poydevori Istanbulning Osiyo qismida qo‘yildi, uni esa Istanbulning Yevropa qismida ochmoqdamiz. Bu tunnel ochilishi muhim voqea hisoblanadi", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, tunneldan o‘tish uchun to‘lov yil oxirigacha 15 turk lirasini tashkil qiladi. Tunnel evaziga Istanbulning Kazlicheshme va Goztepe tumanlari o‘rtasidagi yo‘lga ketadigan vaqt 90 daqiqadan 15 daqiqaga kamayadi.
Bu tunnel suv ostida bunday chuqurlikda o‘tkazilgan birinchi tunneldir. Uni qurish bo‘yicha ishlar Bosfor ostida 106 metr chuqurlikda olib borilgan. Tunnelning uzunligi 14,6 km ni tashkil qiladi. Ko‘rfaz ostidan tunnelning 5,4 km lik qismi o‘tgan. Tunnelning qurilishiga 1,25 mlrd dollar sarflangan.

Mavzuga oid
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:44 / 05.05.2026
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026