Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Tojikiston o‘rtasida aviaaloqa tiklangani ma'lum qilindi
Foto: pixabay.com
Rossiya va Tojikiston o‘rtasida aviaaloqa tiklandi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Rossiya transport vazirligining rasmiy vakili ma'lum qildi.
"Rossiya va Tojikiston o‘rtasida aviaaloqa tiklandi. Tojikiston aviatsiya mutassadilari "Yamal" aviakompaniyasining Jukovskiy aeroportidan Dushanbe va Xo‘jandga parvozlarini kelishib oldilar. Muzokaralar 22 dekabrda davom ettiriladi", deb aytgan manba.
Avval ma'lum qilingandek, "Yamal" aviakompaniyasi 22 dekabr soat 05:00 da Dushanbega charter reysini amalga oshirishga ruxsat olgan.
22 dekabr soat 00:00 ga bir soatdan kamroq vaqt qolganda Rossiya transport vazirligi Tojikiston bilan aviaaloqa to‘xtatilishini e'lon qilgandi. Bundan tashqari, 21 dekabr davomida vazirlik aviaaloqaning to‘xtalishi mumkinligini aytib kelgan, biroq keyin pozitsiyasini yumshatib, muzokaralar davom etishini aytgan.
Aviaaloqaning to‘xtatilishi Rossiya va Tojikiston o‘rtasida tashuvchilar miqdori bo‘yicha taftishlar ortida yangradi. Bundan avval Tojikiston mutassadilari "Yamal" aviakompaniyasiga Xo‘jandga parvoz amalga oshirishga ruxsat bermagandilar. Ularning fikricha, "Yamal" parvozlari Rossiya va Tojikiston o‘rtasida reyslarni amalga oshiruvchi tashuvchilar soni bo‘yicha teng huquqlikni buzgan bo‘lardi. Bunga javoban Rossiya transport vazirligi Tojikiston mutassadilarining bu qarori qonunga zidligini aytgan.
Mavzuga oid
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
18:48 / 20.04.2026
Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi – OAV
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
16:37 / 17.04.2026