Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radarlardan yo‘qolgan Tu-154 bortida 91 kishi bo‘lgan
Rossiya Mudofaa vazirligining Sochidan uchgach aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmagan Tu-154 samolyoti bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma'lum qilinmoqda.
"Interfaks" agentligi xabariga ko‘ra, samolyot Sochidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da parvozga chiqqan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan. Uning bortida harbiylar bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Laynerni qidirish ishlari boshlangan.
RIA "Novosti" agentligi aniqlik kiritishicha, layner avvaliga Moskva yaqinidagi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan, Sochida esa yoqilg‘i to‘ldirilgan.
"Interfaks"ning aniqlik kiritishicha, samolyot bortida avval aytilganidek, 70 kishi emas, 83 yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi bo‘lgan.
RF Mudofaa vazirligi Tu-154 radarlardan yo‘qolganini tasdiqladi. Laynerni qidirish ishlariga Krasnodar o‘lkasi va qo‘shni hududlardagi barcha qutqaruv xizmatlari jalb etildi.
Mavzuga oid
14:50 / 31.03.2026
So‘nggi “gastrol” yoxud Tu-154 ni olib qochmoqchi bo‘lgan oilaning ayanchli taqdiri
17:47 / 01.11.2025
O‘zbekistonlik qahramon: Sochidagi yong‘inda haydovchi yigit ona-bolaning hayotini qutqarib qoldi
17:47 / 03.08.2025
Rossiya Xersondagi ko‘prikka zarba berdi. Sochida esa ukrain dronlari hujumidan keyin neft baza yonib ketdi
11:32 / 01.07.2022