Tu-154 halokati bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Qora dengizda qulab tushgani bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko "Interfaks" agentligiga xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, RF Jinoyat Kodeksining 351 moddasi bo‘yicha (parvoz qoidalarini buzish, og‘ir oqibatlarga olib keluvchi holatlar) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
U ayni vaqtda hujjatlar tayyorlanayotgani haqida qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, samolyoti yoqilg‘i quyish uchun qo‘ngan Sochi aeroporti rahbariyati va xodimlari so‘roq qilinmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligining TU-154 samolyoti Sochidan bugun, mahalliy vaqt bilan soat 5:20da parvozga chiqib, 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qoldi. Uning bortida 92 kishi bo‘lgan: 9 jurnalist, Aleksandrov ansambli qo‘shiqchilari va sozandalari hamda ekipajning 8 a'zosi. Artistlar Suriyaga, "Xmeymim" aviabazasidagi harbiylarga Yangi yil konserti uyushtirish uchun ketayotgandi. Samolyot Qora dengiz qirg‘oqlaridan uzoqlashmasdan qulagan.
Sochidan uchgan samolyot radarlardan yo‘qoldi
Mavzuga oid
11:32 / 01.07.2022
Putin Indoneziya prezidentiga u ilk bor Rossiyaga kelganini aytdi. Lekin ular olti yil avval Sochida uchrashishgandi
15:17 / 11.06.2022
Toshkentdan Krasnodar va Rostovga aviaqatnovlar Sochi shahriga amalga oshiriladi
08:29 / 26.01.2022
Uzbekistan Airways Toshkent - Sochi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni tiklaydi
10:30 / 23.02.2021