Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tu-154 samolyoti halokatga uchragan joydan 11 jasad topildi
Tu-154 samolyotining halokati yuz bergan joyda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Rossiya mudofaa vazirligining xabar berishicha, bu ishlarning birinchi sutkasi davomida 11 jasad va 154 tana bo‘laklari topilgan. Bu haqda Ria Novosti xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, Sochidan Suriyaga parvoz qilgan va 25 dekabr erta tongda radarlardan yo‘qolib qolgan Tu-154 harbiy samolyoti Qora dengiz ustida falokatga uchragandi. Samolyotda 90 dan ko‘proq inson, jumladan Aleksandrov nomidagi qo‘shiq va raqs ansambli artistlari, "Spravedlivaya pomoshch" xalqaro jamoatchilik tashkiloti rahbari Yelizaveta Glinka (doktor Liza), Rossiya mudofaa vazirligi madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Anton Gubankov, Aleksandrov nomidagi ansambl badiiy rahbari general-leytenant Valeriy Xalilov hamda Rossiyaning Birinchi kanali, NTV va "Zvezda" telekanallari jurnalist va operatorlari bo‘lgan.
Kuch tuzilmalaridagi manba Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Sochi yaqinida halokatga uchrashida terakt versiyasi deyarli istisno qilinadi, deb aytgan.
Mavzuga oid
14:50 / 31.03.2026
So‘nggi “gastrol” yoxud Tu-154 ni olib qochmoqchi bo‘lgan oilaning ayanchli taqdiri
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
16:39 / 09.12.2025