Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘bek Rozukulov Pokiston Prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Foto: uzdaily.uz
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov va Pokiston Prezidenti Husayn Mamnun terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda UzDaily.uz sayti yozmoqda.
O‘tgan haftada O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov rahbarligidagi delegatsiya Pokistonga tashrif buyurgan edi.
Husayn Mamnun Rozukulov vositasida Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozongani bilan yana bir bor qutlab, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqishiga umid bildirgan.
Husayn Mamnun Pokistonning O‘zbekiston bilan energetika, iqtisodiyot va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini ta'kidlagan. U, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash mamlakat imkoniyatlariga javob bermasligini qayd etib, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga chaqirgan.
Mamnunning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston O‘zbekistonning energetika zaxiralaridan foydalanishga qiziqish bildirmoqda.
Ulug‘bek Rozukulov, o‘z navbatida Pokiston bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan. Shu bilan birga, Rozukulov tomonlar turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishini qayd etgan.
Mavzuga oid
21:19 / 07.02.2026
“Pokiston bilan mudofaa sohasidagi kelishuvlar diqqatga sazovor” – siyosatshunos
10:45 / 07.02.2026
Pokistonga sayohatlar ko‘paydi: o‘zbekistonliklar oqimi keskin oshgan
16:09 / 06.02.2026
Pokiston poytaxti Islomoboddagi masjidda kuchli portlash sodir etildi
15:20 / 06.02.2026