Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaparvozlar tiklanadi
2016 yil 27-28 dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator kelishuvlar imzolandi.
Xususan, O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalari ikki davlat o‘rtasida aviaparvozlarni tiklash haqidagi protokolni imzolashdi, deb xabar berdi RIA Novosti Dushanbedagi elchi Shoqosim Shoislomovga asosan.
«Xususan, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida 2017 yilning birinchi yarmida aviaparvozlarni tiklash haqidagi protokol imzolandi. Shuningdek, o‘zbek sanoatchilari alyuminiy xom ashyosini xarid qilishadi», - deya ma'lum qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dushanbe-Toshkent-Dushanbe aviareyslari yo‘lovchilari vizalarni aeroportlarning o‘zida olishlari mumkinligi xabar qilingandi.
Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralariga yo‘lovchi avtobuslari va poyezdlar qatnovini tiklash haqidagi kelishuv loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Bundan tashqari, temir yo‘l o‘tkazmalarida kamaytiruvchi koeffitsiyent haqida, shuningdek Tojikistonga mahsulot yetkazib berish borasida ham protokollar imzolandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi 2017 yil Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov bilan uchrashuvida Tojikiston rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelish taklif etilgan maktubini topshirdi.
«Yig‘ilish yakunlari tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga katta e'tibor berishidan dalolat berdi. O‘zbek-tojik munosabatlari doimo aloqalarni mustahkamlash va do‘stlik munosabatlarini yanada kengaytirish bilan ajralib turgan», - deyiladi yakuniy materialda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026