Jahon | 20:40 / 30.12.2016
11301
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti Shimoliy Koreyaga qurol-aslaha yetkazilishini taqiqladi

Foto: Zhang Li ZUMAPRESS.com / Globallookpress

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga istalgan, jumladan o‘qotar qurol-aslaha yetkazib berishni taqiqladi. Tegishli farmon 30 dekabrda huquqiy axborot internet-portalida chop etildi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreyaga Pxenyanning yadroviy va raketa dasturlari, ommaviy qirg‘in qurollari yaratish dasturlarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan hamda "qurolli kuchlarning salohiyatini rivojlantirishga ko‘mak beradigan" materiallar, qurilma va texnologiyalar berish taqiqlandi.

Farmonda aytilishicha, u BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan 2270-rezolyutsiya qabul qilinishi hamda Shimoliy Koreya tomonidan raketa-yadroviy sinovlarning o‘tkazilishiga javoban imzolangan.

2270-rezolyutsiya Pxenyan tomonidan yanvarda sinov o‘tkazilgandan keyin 2 mart kuni qabul qilingan. Hujjatga ko‘ra, Shimoliy Koreyaga barcha turdagi qurol-aslahani yetkazish, konsultativ-texnik yordam berish va xodimlarni tayyorlash taqiqlanadi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid