Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransua Olland: Mo‘sul tez orada IShID terrorchilaridan ozod etiladi
Iroq hukumat kuchlarining Mo‘sulni IShID terrorchi guruhidan ozod qilish operatsiyasi tez orada o‘z poyoniga yetadi. Bu haqida dushanba kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland Bag‘dodda Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qildi.
"Mo‘sulda IShIDni yo‘q qilish operatsiyasiga bir necha hafta ketadi, tez orada biz shaharning ulardan ozod qilinganiga guvoh bo‘lamiz, - deya Ollandning so‘zlarini keltiradi Al-Arabiyya telekanali. - IShID Iroq qurolli kuchlari bosimi ostida chekinmoqda". Fransiya rahbari shuningdek Mo‘suldagi operatsiya tinch aholiga xavf tug‘dirmasligini ta'kidladi.
Fransiya prezidenti Fransua Olland Iroq hukumati bilan Mo‘suldagi operatsiyani muhokama qilish hamda mamlakatdagi fransuz harbiylari bilan uchrashish uchun dushanba kuni Bag‘dodga tashrif buyurdi. U Bag‘doddan Arbilga (Iroq Kurdistoni) qarab yo‘l oladi.
Olland Bag‘doddagi matbuot-anjumanida Mo‘sul IShIDdan xalos bo‘lganidan keyin Fransiya shaharni qayta tiklash bo‘yicha yangi xalqaro konferensiyani chaqirishga tayyor ekanini bildirdi.
Fransiya harbiy-havo kuchlarining Suriya va Iroqda IShID jangarilariga qarshi olib borayotgan Chammal nomi ostidagi operatsiyasi 2014 yilda boshlangan.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026