Jahon | 23:59 / 04.01.2017
5868
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadagi turk qo‘shinlariga yordam berish ehtimolini rad etmadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya tomoni bilan ushbu mamlakat Qurolli kuchlarining Suriya shimolida joylashgan Al Bob hududidagi qo‘shinlariga harbiy yordam berish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda, IShIDga qarshi AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya vakili Jon Dorrian ma'lum qilgan

«Biz Al Bob va uning atrofidagi turk harbiy amaliyotlari davomli ravishda qo‘llab-quvvatlanishini kutayapmiz», — degan Dorrian. Uning qayd etishicha, Amerika HHK samolyotlari Turkiyaga yordam berishga ulgurgan. 

Dorrianning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda mazkur masala diplomatlar darajasida muhokama qilinmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid