Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anning vakili Injirlik aviabazasi atrofidagi vaziyatni izohladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning vakili Ibrohim Qalin Injirlik aviabazasidan foydalanishni cheklash masalasi kun tartibida turmagani va bu masala ko‘rib chiqilishiga hech kim shoshmayotgani haqida ma'lum qildi.
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Veysi Qaynoq Anqara Injirlik aviabazasidan AQSh va koalitsiya kuchlari samolyotlari foydalanishini to‘xtatishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan, bu masala ayni vaqtda kun tartibida ekanini qo‘shimcha qilgandi.
Ma'lumot uchun, Injirlik aviabazasidan AQSh HHK va Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik doirasidagi kelishuv asosida foydalanadi. Ushbu bazada Suriyadagi terrorchilar marralariga zarbalar uchun foydalaniladigan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Saudiya Arabistoni va Qatar aviatsiyasi joylashtirilgan.
Bazada AQShning 50 ga yaqin B61 yadro bombasi saqlanadi. Harbiy to‘ntarishga urinish chog‘i Turkiya hukumati AQSh aviatsiyasiga Injirlik bazasidan uchish va qo‘nishni man etdi, baza qo‘mondonini esa fitnaga aloqadorlikda aybladi.
Mavzuga oid
22:10 / 16.12.2019
Erdo‘g‘anning tahdididan so‘ng AQShning bir nechta harbiy samolyoti Injirlik aviabazasini tark etdi
09:51 / 15.10.2019
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
00:34 / 27.09.2019
Misr Erdo‘g‘anning Mursiy haqidagi so‘zlari uchun Turkiyaga norozilik bildirdi
22:00 / 24.09.2019