Turkiya boş vaziri örinbosari Veysi Qaynoq ma'lum qildiki, Anqara Injirlik aviabazasidan AQŞ va koalitsiya kuçlari samolyotlari foydalanişini töxtatişi mumkin.

Agentlik ma'lumotiga köra, vazir örinbosari Turkiya hukumati uşbu harbiy bazadan AQŞ va koalitsiya kuçlari foydalanişda davom etişi yoki davom etmasligini muhokama qiladi.

Ma'lumot uçun, Injirlik aviabazasidan AQŞ HHK va Turkiya ikki davlat örtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik doirasidagi kelişuv asosida foydalanadi. Uşbu bazada Suriyadagi terrorçilar marralariga zarbalar uçun foydalaniladigan AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Saudiya Arabistoni va Qatar aviatsiyasi joylaştirilgan.

Bazada AQŞning 50 ga yaqin B61 yadro bombasi saqlanadi. Harbiy töntarişga uriniş çoği Turkiya hukumati AQŞ aviatsiyasiga Injirlik bazasidan uçiş va qönişni man etdi, baza qömondonini esa fitnaga aloqadorlikda aybladi.