Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya elchisi Janubiy Koreyani vaqtinchalik tark etdi
Foto: AP
Yaponiyaning Seuldagi elchisi Yasumasa Nagamine Janubiy Koreyani vaqtinchalik tark etdi. Bu holat yapon istilochilari tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka duch kelgan qurbonlar xotirasiga qo‘yilgan yangi haykal bilan bog‘liq vaziyat tufayli yuz bergan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Bularning barchasi juda ham afsuslanarli», - deya aytib o‘tdi u Seuldan uchib ketishi oldidan jurnalistlar bilan suhbatda.
Yaponiyaning Pusandagi bosh konsuli ham mamlakatni tark etdi va vataniga qaytdi.
Avvalroq, Seuldan chaqirib olingan yaponiyalik diplomatlar Janubiy Koreyani 9 yanvar kuni tark etishi xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, Yaponiya o‘tgan hafta Janubiy Koreyadagi elchilarini vaqtinchalik chaqirib olishga qaror qildi. Bu Pusan shahridagi bosh konsullik binosi yonida o‘tgan yilning oxirida o‘rnatilgan haykaldan norozilik harakati tariqasida amalga oshirildi.
Shuningdek, Tokio valyuta shartnomalari haqidagi kelishuvlar yuzasidan amaldagi muzokaralarni vaqtinchalik to‘xtatishi va ikki mamlakat yuqori darajadagi vakillarining uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirilgani haqida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:59 / 13.04.2026
Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft import qilishni rejalashtiryapti
12:54 / 04.04.2026
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
07:40 / 27.03.2026