O‘zbekistonning 2017 yildagi qurilish ishlari Ramatov zimmasiga yuklatildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilning 30 dekabridagi 423-raqamli qarori bilan 2017 yilgi pudrat qurilish ishlari Dasturining asosiy parametrlari tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra 2017 yilgi qurilish, modernizatsiya, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash bo‘yicha pudrat qurilish ishlari manzilli dasturlari tasdiqlandi:
• 2017 yilga o‘tadigan ijtimoiy soha obektlari, kommunal, meliorativ-irrigatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi obektlari, shuningdek yirik ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obektlari;
• 2017 yilda yana boshlanadigan ijtimoiy soha obektlari, qishloq hududlarda namunali loyihalar bo‘yicha turar-joylar, kommunal, meliorativ-irrigatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek yirik ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obektlari.
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi – qurilish buyurtmachilariga quyidagilarni ta'minlash vazifasi yuklatildi:
• 2 haftalik muddatda manzilli dasturlarga kiritilgan obektlarni moliyalashtirishni ta'minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlar majmuasini tasdiqlash;
• 2016 yildan o‘tgan obektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlari davri tasdiqlangan mehnat ishlab chiqarish grafiklari bilan mos ravishda to‘xtatmaslik;
• obektlarni imzolangan shartnomalar talablarini bajarish va amalga oshirilayotgan ishlar sifati talablariga rioya qilgan holda o‘z vaqtida ishga tushirish;
• bosh pudradning sanoat-fuqarolik obektlarining qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiyasi uchun bitim tuzishda «O‘zmaxsusmontajqurilish» AK bo‘linmalarini qurilishning montaj va maxsus ishlarini bajarishga asosiy pudratchidan pudratga olish bitimi bo‘yicha jalb etish;
• hisobot davridan so‘ng keluvchi oyning 5-kuniga qadar, har oylik asosda iqtisodiyot Vazirligi va Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasiga Dasturni amalga oshirish bo‘yicha ma'lumot taqdim etish.
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi O.J. Ramatov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024