Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Strasburgda Yevroparlamentning yangi rahbari saylanadi
17 yanvar kuni Strasburgda Yevropa parlament assambleyasining plenar sessiyasida Yevroparlament raisi saylovi bo‘lib o‘tadi.
Martin Shults o‘tgan yilning noyabr oyida YeP rahbari lavozimidan ketish va Germaniyada Sotsial-demokratik partiyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerligidagi nomzodlari ro‘yxatini boshqarish niyati borligini bildirgan edi.
Kuzatuvchilarning fikricha, YeI oliy parlament organi rahbarligiga Antonio Tayani, sotsialist Janni Pitella va liberal Gi Verxofstadt nomzodi kurash olib boradi. Yevroparlament raisi yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
63 yoshli italyan siyosatchisi Antonio Tayani Yevroparlamentning eng ko‘psonli siyosiy fraksiyasi – o‘ng markazchi Yevropa xalq partiyasi vakili hisoblanadi. U bir vaqtlar Yevropa sanoat va tadbirkorlik bo‘yicha yevrokomissari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Tayanining vatandoshi – 58 yoshli Janni Pitella Yevropa sotsialistlar partiyasi nomzodi hisoblanadi. Pitella Yevroparlamentda ayni partiya fraksiyasini boshqaradi.
Va nihoyat, Belgiyaning sobiq bosh vaziri Gi Verxofstadt Yevropa liberal demokratlari fraksiyasiga rahbarlik qiladi.
Yevroparlament deputatlarining 50 foizi va yana bir ovozini to‘plagan nomzod raislikka saylangan hisoblanadi. Ekspertlar, o‘z navbatida, 63 yoshli italyan siyosatchisi Antonio Tayanining imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
11:53 / 12.02.2026
Yevroparlament Ukraina uchun 90 mlrd yevro kreditni ma’qulladi
19:02 / 11.02.2026