Jahon | 09:52 / 20.01.2017
3702
1 daqiqa o‘qiladi

Gambiyadagi harbiy amaliyot vaqtincha to‘xtatildi

foto: AP

G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyatining Gambiyadagi harbiy amaliyoti 20 yanvar tushgacha vaqtincha to‘xtatildi. Saylovda mag‘lub bo‘lgan prezident  Yayya Djammega hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishi uchun imkoniyat berish maqsadida shunday qaror qabul qilingan. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda. 

20 yanvarga o‘tar kechasi Senegal hukumati o‘z qo‘shinini Gambiyaga olib kirganini ma'lum qildi. Nigeriya ham harbiylarini safarbar etganini e'lon qildi. Bundan tashqari, Senegal armiyasi, Gambiyaning harbiy inshootlariga zarbalar berish boshlangani haqida axborot tarqatdi. 

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni hokimiyatni saylangan prezident Adam Barrouga topshirishi kerak bo‘lgan amaldagi davlat rahbari vakolatlari Gambiya parlamenti tomonidan 18 yanvarda uzaytirilgan, mamlakatda favqulodda holat joriy qilingan edi. Barrou 19 yanvar kuni Gambiyaning Senegaldagi elchixonasida vazifasiga kirishgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid