Ukrainaning Dakardagi elçisi Yuriy Pivovarov Senegal Taşqi işlar vazirligiga Ukraina elçixonasining Facebook sahifasida e’lon qilingan Malidagi tuareg isyonçilari haqidagi izohi sabab çaqirildi. Pivovarovning «Ukraina armiyasi taşviqot videosi»ga şarhi 25 iyuldan 27 iyulgaça «Vagner» XHK önlab rus yollanma askarlarini va Mali hukumati armiyasi askarlarini öldirgan tuareglarni «sözsiz qöllab-quvvatlaş»ni ifodalaydi. Bu haqda 3 avgust kuni Senegal Taşqi işlar vazirligi saytida xabar berildi.
«Senegal Rossiya-Ukraina mojarosida qöllanadigan taşviqotni öz hududiga ötkazişga urinişlarga toqat qilmaydi», deb ta’kidladi vazirlik. Senegal terrorizmning har qanday körinişini rad etar ekan, «terrorizmni oqlaydigan, ayniqsa, Mali kabi birodar davlatni beqarorlaştirişga qaratilgan izohlarni qabul qilmaydi», deya qöşimça qildi TIV.
Vazirlik Ukraina elçisiga vazminlik va aralaşmaslik majburiyatlarini «eslatib ötdi», deyiladi bayonotda.
Malida «Vagner» XHKning katta yöqotişlari
Mali şimolidagi isyonçilar «Vagner» XHK guruhidan 84 nafar rossiyalik jangçi va Mali hukumati armiyasining 47 nafar askari öldirilgani haqida xabar berdi, deya ma’lumot tarqatdi AFP 2 avgust kuni.
Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi («GUR») vakili Andrey Yusov Ukrainaning Malidagi tuareg operatsiyasiga aloqadorligiga işora qildi. «Isyonçilar rossiyalik harbiy jinoyatçilarga qarşi muvaffaqiyatli harbiy operatsiya ötkaziş imkonini bergan özlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar», dedi u 29 iyul kuni bölib ötgan telemarafonda boşqa tafsilotlarni keltirmagan holda.
Malida hukumat va isyonçilar örtasida töqnaşuv
Mali hukumati bilan ekstremistik va separatistik guruhlar örtasidagi qurolli töqnaşuv 2012 yilda boşlangan. Öşandan beri mamlakat, birinçi navbatda, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş sohasida inqiroz holatida.
Rossiyalik yollanma askarlar 2021 yildan beri Malida mavjud. 2020 yilda polkovnik Assimi Goita boşçiligidagi harbiylar mamlakatda hokimiyatni qölga oldi. Ular Fransiya bilan an’anaviy aloqalarni uzdilar va Rossiya Federatsiyasi bilan yaqinlaşişni boşladilar, «Vagner» XHKdan yollanma askarlarni mamlakatga taklif qildilar.
Xunta mamlakatning butun hududida, birinçi navbatda şimoliy Kidal mintaqasida nazorat örnatiş vazifasini qöydi. 2023 yilda harbiylar Kidalni egallab olişga muvaffaq bölişdi.








