Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil hafta-2017»: O‘zbekiston 151 mln dollardan ortiq shartnoma imzoladi
Germaniya poytaxti Berlin shahrida «Yashil hafta-2017» an'anaviy xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Ko‘rgazmaning 7 kuni mobaynida O‘zbekiston vakillari Yevropa va boshqa mamlakatlarga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 151,2 mln dollarlik o‘rta va uzoq muddatli bitimlarni imzolashdi. Bu haqda «O‘zagroeksport» AJ matbuot xizmati Kun.Uzga xabar qildi.
Dunyoning Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA va Turkiya kabi 10dan ortiq mamlakatiga O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni yetishtirib berish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
Dunyoning 66 mamlakatidan kelgan 1,6 mingdan ortiq kompaniya va fermer xo‘jaliklari qatnashgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning Bosh vazir o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoir Mirzayev rahbarligidagi delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, bog‘dorchilik va oziq-ovqat sanoatidagi eng yirik ko‘rgazmaga 400 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgani xabar qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 200 kvadrat metr maydonga yaqin milliy burchagida yangi mevalar, sabzavotlar va poliz mahsulotlari, quruq mevalar, yog‘-moy va vinochilik mahsulotlari, ziravorlar va boshqa qayta ishlangan mahsulotlar namoyish etildi.
O‘zbekiston milliy burchagiga tashrif buyurganlar mamlakatimizning meva-sabzavotlar yetishtirish salohiyati, talab va takliflarini o‘rganishdi. Mehmonlar milliy taomlar, yangi va quritilgan mevalardan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ko‘rgazma 29 yanvargacha o‘z ishini davom ettiradi.



Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026