Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik va ukrainalik biatlonchilar Rossiya madhiyasini oxirigacha eshitishmadi
Ukrainalik ayol biatlonchilar biatlon bo‘yicha Polshada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida g‘oliblarni taqdirlash marosimini Rossiya madhiyasini oxirigacha tinglamay tark etishdi. Ajablanarlisi, rossiyaliklar bu vaziyatda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan: ular ham madhiyani oxirigacha tinglamay ukrainaliklar ortidan yo‘l olishgan.
Ta'kidlanishicha, chempionat tashkilotchilari sportchilarga faqatgina homiylarning sovg‘alarini topshirishga ulgurishgan, biroq medallar o‘z egalariga topshirilmay qolgan.
Keyinroq ukrainalik biatlonchi Anastasiya Merkushina bu holatga izoh berdi. Uning aytishicha, bunday tushunmovchilikka musobaqa tashkilotchilarining xatosi sabab bo‘lgan.
Merkushinaning aytishicha, taqdirlash marosimining "gullar topshirish" qismida "medallar topshirish" qismidan farqli ravishda, neytral musiqa yangrashi kerak. Biroq sportchilar Rossiya madhiyasini eshitgach, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan. Ukrainalik sportchining aytishicha, taqdirlash marosimida hech qanday "olamshumul voqea" yuz bermagan.
Chempionatda Rossiya terma jamoasi medallar hisobida 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni Ukraina, 3-o‘rinni esa Bolgariya terma jamoalari egallagan.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026