Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qiladi
Germaniyadagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Facebook kompaniyasi ustidan sudga murojaat qilishdi. Bunga kompaniyaga tegishli bo‘lgan WhatsApp messenjeridir. Shikoyat qiluvchilarga ko‘ra, mobil ilova foydalanuvchilarga tegishli ma'lumotlarni to‘playdi va tarqatadi, deb yozmoqda ZD Net.
Foydalanuvchilar 2016 yil avgustida WhatsApp shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilishini ilk marotaba aniqlashgan edi. Ilova avtomatik ravishda telefon raqami, ism-sharif, tug‘ilgan sana va boshqalarni Facebook sahifasiga biriktirib qo‘yadi. Ekspertlarga ko‘ra, ayni shu jadval asosida aloqalar ro‘yxatidagi do‘stlar Facebook sahifasiga qo‘shiladi. Bunda WhatsApp foydalanuvchidan shaxsiy ma'lumotlarni Facebook tarmog‘ida joylashtirishga doir izn so‘ramaydi.
Shunga ko‘ra, foydalanuvchilar iste'molchilar tashkilotlari federatsiyasiga bog‘lanishgan. Aynan ushbu tashkilot sudga ariza topshirgan.
WhatsApp ilovasining ta'kidlashicha, bu usulda shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish, foydalanish kelishuvida qayd etilgan. Shu bilan birga, mobil ilova rahbariyati maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari YeI qonun va me'yorlariga mos kelishini alohida uqdirishmoqda.
Mavzuga oid
15:22 / 26.01.2026
AQShda Meta’ga WhatsApp maxfiyligi bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:58 / 30.12.2025
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
12:15 / 24.12.2025