O‘zbekiston | 18:01 / 06.02.2017
15596
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda tadbirkorlarga binolar foydalanish uchun tekinga beriladi

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruhi bugungi kun talabiga javob bermayotgan korxonalarda mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad ularni rivojlantirish choralarini ko‘rish va mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tashabbuskor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Viloyat hokimligi saytida xabar qilinishicha, bugungi kunda Andijon shahrida xususiylashtirilgan 60ta yirik ishlab chiqarish korxonalari samarali faoliyat yuritmayapti. Bu shahar iqtisodiyotining yuksalishiga salbiy ta'sir ko‘rsatish bilan birga ishlab chiqarish sur'atining pasayishi va ularda ishlovchilar uchun ishsizlik muammosini yuzaga keltirmoqda.

Viloyat hokimi Andijon shahridagi sobiq «Andijonmash» zavodi va «Elektroapparat» korxonalariga tashrifi chog‘ida ayrim korxona rahbarlarining sustkashligi sabab to‘la quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar xususida fikr bildirdi. Jumladan, yuqoridagi har ikki korxona o‘z davrida 3000 nafardan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgani, ularda tayyorlangan mahsulotlar ichki bozordan tashqari eksport qilinganini ta'kidlab, bugungi holatini tanqidiy baholadi.

Shuhrat Abdurahmonov shu joyda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy dastgohlar olib kelish va yangi ish o‘rinlari yaratish istagidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ular uchun eng katta imkoniyat binolar nol qiymatda bepul beriladi.

Xabarda shunday imkoniyatga ega bo‘lishni istaganlar Andijon shahar hokimligiga murojaat qilishlari so‘ralgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid