Jamiyat | 16:01 / 06.02.2017
9846
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 yanvardagi yig‘ilish bayoniga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari chet tili o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Mazkur nufuzli tanlovning o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan 2017 yil 2 fevral kuni tasdiqlandi.

Tanlov ikki  bosqichda - Saralash bosqichi va  Respublika bosqichida o‘tkaziladi.

1-bosqich 2017 yil 10 mart kuni Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladi.

Saralash bosqichlarida ishtirokchilar Respublika hududlarida belgilangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida berilgan mavzulardan biri bo‘yicha yozma ish yozadilar. Yozma ishlar mazkur baholash mezonlari asosida Respublika hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.

Respublika bosqichining 1-turida ishtirokchilar berilgan mavzu bo‘yicha yozma ish yozadilar.

2-turda ishtirokchilar Davlat ta'lim standartlari asosida tanlangan mavzular bo‘yicha 120 daqiqa davomida tayyorgarlik ko‘radilar hamda o‘z taqdimotlarini namoyish etadilar.

Tanlovning respublika bosqichida har bir chet tillari bo‘yicha  1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid