Jahon | 18:52 / 10.02.2017
6177
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an yaqin vaqtlar ichida Moskva va Kiyevga boradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘an yaqin oylar ichida Rossiya va Ukrainaga tashrifini amalga oshiradi. Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘lining aytishicha, tashrif sanalarini belgilash muhokama qilinmoqda.

"Ikki tashrif ham (Moskva va Kiyevga - tahr.) yaqin oylar ichida bo‘lib o‘tadi", degan vazir Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin bilan Kiyevdagi uchrashuv yakunida o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

U Erdo‘g‘anning Kiyevga tashrifi sanasi o‘z tashrifi davomida muhokama qilinganini qo‘shimcha qilgan. Chovusho‘g‘li tashrif kunlari yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinishini qayd etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid