Sotsial-demokratlar partiyasi Qirg‘iziston prezidentligiga o‘z nomzodini ma'lum qildi
Qirg‘iziston prezidentligi uchun saylovlarda Sotsial-demokratlar partiyasi o‘z nomzodini ilgari surdi.
«24.kg» manbasi ushbu siyosiy partiya matbuot xizmatiga asoslanib ma'lum qilishicha, partiyadan mamlakat prezidentligi uchun ayni vaqtda Rossiya-Qirg‘iziston taraqqiyot fondiga rahbarlik qilib turgan Kuvanichbek Kulmatovning nomzodini ilgani surilgan.
Bundan oldingi xabarlarda 2017 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagini Temir Sariyev, Bakit Torobayev, Adaxan Madumarov kabilar bildirgandi.
Respublikaning amaldagi prezidenti Almazbek Atambayevning vakolatlari 2017 yil oxirida yakuniga yetadi.
Mamlakat qonunlariga ko‘ra, bir kishi ikki muddatdan ortiq davlat rahbari lavozimini egallash huquqiga ega emas.
Saylovoldi kampaniyasi rasman 2017 yil kuzida boshlanadi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024