Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qariyb 600 nafar kishi qo‘lga olindi
Turkiya politsiyasi terrorchilikka qarshi kurash amaliyoti davomida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasining a'zolarini qo‘lga oldi. Ikki kun davomida taxminan 599 nafar inson qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Xabar qilinishicha, Kurdiston ishchi partiyasiga aloqadorlikda gumonlangan 544 shaxs kuni kecha Turkiyaning 25 viloyatida qo‘lga olingan. Yana 55 nafar inson seshanba kuni Anqara shahri va Van, Mush, Adana hamda Agri viloyatlarida qo‘lga olindi.
Turkiyada 2015 yilning iyulida Kurdiston ishchi partiyasi bilan qurolli mojaro tiklanganidan so‘ng, kurd isyonchilari hujumlari oqibatida taxminan 900 nafar harbiy va politsiyachi halok bo‘ldi, shuningdek, oddiy fuqarolardan 300 nafari qurbon bo‘ldi. Turkiya bosh shtabi bu davr mobaynida taxminan 10 mingga yaqin Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari qo‘lga olinganini xabar qildi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026