Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda terrorchilik tashkilotining sobiq yetakchisi "So‘qir Shayx" vafot etdi
Foto: AFP
Bir qator davlatlarda terrorchilik tashkiloti deb tan olingan "Al-jamoa al-islomiya" tashkilotining diniy yetakchisi hamda "So‘qir Shayx" taxallusi bilan ma'lum bo‘lgan Umar Abdulrahmon 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Abdulrahmon AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi turmada o‘z o‘limi bilan vafot etdi. Ma'lum qilinishicha, mahbus qand kasalligi va yurak tomirlari yetishmovchiligidan aziyat chekkan.
Abdulrahmon 1993 yilda Nyu-Yorkdagi jahon savdo markazining shimoliy minorasidagi yer osti garajida sodir etilgan terakt tashkilotchilari bilan til biriktirgani uchun 1996 yilda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingandi. O‘sha terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:42
Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi
08:53
Belgiya xato sabab “Tinchlik kengashi”ga Belarus o‘rniga kiritib qo‘yildi
08:31
Germaniya Trampning “Tinchlik kengashi”da ishtirok etishdan bosh tortdi
23:09 / 23.01.2026