Jahon | 11:16 / 22.02.2017
9292
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya armiyasi askarlari soni 200 ming kishiga yetkaziladi

Foto : AFP

Germaniya Qurolli kuchlari – Bundesver harbiy xizmatchilari sonini 2024 yilgacha 198 ming nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda GFR Qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar qildi. 

Qurolli kuchlarning yordamchi tarkibi sonini 61 ming 400 kishiga yetkazish belgilangan.

"Bundesverga avvalgidan ko‘proq ehtiyoj bor. IShIDga qarshi kurash, Malini barqarorlashtirish yoki Boltiqbo‘yi mamlakatlarida NATO kuchlarini joylashtirish", — deya mamlakat mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Yaqin vaqtgacha Germaniya armiyasida 166 ming 500 nafar askar xizmat qilgan. 2016 yil iyunida bu raqam 168 ming 300 kishiga yetkazildi. Biroq, vazirlik rahbariyatining fikricha, bu yetarli emas.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid