Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda portlash ro‘y berdi, halok bo‘lganlar bor
Yamanning Zanzibaridagi harbiy lagerda xudkush-terrorchining hujumi oqibatida sakkiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters mahalliy hukumatga asosan xabar bermoqda.
Harbiy libosda bo‘lgan terrorchi avtomobilda lager darvozasiga kelib urilgan, shundan so‘ng portlash yuz bergan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, sakkiz harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 10 nafari jarohatlandi.
Mahalliy hukumat so‘zlariga ko‘ra, terrorchi “Al-Qoida” guruhi a'zosi bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSh Yaman markaziy qismida “Al-Qoida” jangarilariga qarshi o‘tkazilgan amaliyot davomida tinch aholi vakillari, jumladan bolalar ham halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
21:40 / 03.12.2025