Jahon | 00:16 / 24.02.2017
5909
2 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriya NATO a'zosi bo‘lishiga bir qadam qoldi

Chernogoriya tashqi ishlar vaziri Srdjan Darmanovich uning mamlakati shu yil may oyida Bryusselda NATOning sammitida bu tashkilotga kirishiga umid qilishini aytdi. Siyosatchi bu haqda Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Darmanovichning aytishicha, Podgoritsa Vashingtonda AQSh senati Chernogoriyaning NATOga qo‘shilishiga ruxsat berishiga rasmiy ishonch olgan. "Bu 100 foizga yuz beradi", deb aytgan vazir. Bu jarayonga amaldagi AQSh ma'muriyatining Moskva bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga intilishi ham xalaqit qilmaydi. 

NATOning 2009 yil dekabrdagi sammitida Chernogoriya NATOga a'zo bo‘lish uchun harakatlar rejasini olgan. 2016 yilda mamlakat NATOga kirishi bo‘yicha protokol imzolangan va shundan keyin mamlakat NATOda kuzatuvchi maqomini olgan. Bu protokol NATOning barcha davlatlari va Chernogoriya tomondan ratifikatsiya qilingandan keyin Chernogoriya NATOning 29-a'zosiga aylanadi. Protokolni NATOga kiruvchi 28 ta davlatdan 24 tasi ratifikatsiya qilib bo‘ldi, biroq AQSh senati hozircha buni qilmagan. 

NATOning navbatdagi sammiti Bryusselda 25 may kuni o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid