Jamiyat | 15:39 / 28.02.2017
16104
2 daqiqa o‘qiladi

Tupak Shakur otib tashlangan BMW sotuvga qo‘yildi

Moments in Time portalida BMW “yetti” (Ye38 kuzovida) sotilishi haqida e'lon paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, aynan shu mashinada taniqli xip-xop ijrochi Tupak Shakur otib tashlangan. Avtomobilning qiymati 1,5 million dollarga teng.

Asosan 2Pac taxallusi bilan ijod qilgan Shakur 1996 yilda Las-Vegasda o‘ldirilgandi. Jinoyatchilar ichida xonanda bo‘lgan BMW’ni boshqa mashinadan turib o‘qqa tutishgan. Shakur bir necha kundan so‘ng kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. O‘q uzgan shaxslar haligacha topilmagan.

Ro‘y bergan hodisadan keyin “yetti” – uzun nusxadagi 750i – politsiya tomonidan musodara qilindi, keyinchalik esa xususiy shaxslardan biriga sotib yuborildi. To‘rt eshikli transport vositasi bir necha insonning qo‘lidan o‘tib, unda kerakli ta'mirlash ishlari ham olib borilgan, biroq o‘q izlari hamon saqlanib qolgan – eshiklarning ichki elementlarida. BMW 145 ming kilometr masofa yurgan.

Motor1 portalining ta'kidlashicha, o‘tgan yili ochiq savdolarda Tupak Shakurning o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomobillardan biri sotib yuborilgandi. Bu 1996 yilda chiqarilgan Hummer H1 bo‘lib, qiymati kamida 340 ming dollarga baholandi.

Mavzuga oid