Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada harbiy xizmatga majburiy chaqiruv qayta joriy qilinmoqda
Shvetsiyada Boltiq hududida harbiy faollik oshgani sababli harbiy xizmatga majburiy chaqiruv qayta joriy qilinmoqda, deb aytdi Shvetsiya mudofaa vaziri Peter Xultkvist. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Shvetsiyada majburiy harbiy xizmat 2010 yilda bekor qilingan, biroq Ukrainadagi ixtilof siyosatchilarni professional askar sifatida faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan odamlar yetishmasligi muammosini hal qilish uchun harbiy salohiyatni mustahkamlash masalasini ko‘rib chiqishga undagan.
Xultkvist bu qaror Yevropada xavfsizlik sohasida vaziyat yomonlashganiga javob bo‘lganini aytdi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2018-2019 yillarda harbiy tayyorgarlikdan o‘tish uchun 4 ming erkak va ayol harbiy xizmatga chaqirtiriladi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026