Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Koreyada RQM tizimlari joylashtirilishiga qarshi choralar ko‘radi
Xitoy hukumati AQShning THAAD rusumli raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini Janubiy Koreya hududida joylashtirilishiga qarshi chiqmoqda. Rasmiy Pekin shu munosabat bilan o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘radi, deb bayonot bergan XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan.
Avvalroq, Amerika qurolli kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari Koreya yarim orolida THAAD batareyasini joylashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlanganini aytgan edi.
"Biz AQShning THAAD RQM komplekslarini Janubiy Koreyada joylashtirilishiga qarshimiz. Biz o‘z xavfsizlik manfaatlarimizni himoya qilish uchun zaruriy choralarni ko‘ramiz. Barcha oqibatlar uchun javobgarlik AQSh va Koreya zimmasidadir", — degan Gen Shuan matbuot brifingida.
Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rasmiy vakili tomonlarni RQM tizimlarini joylashtirish jarayonini to‘xtatishga va "noto‘g‘ri yo‘ldan ketmaslikka" chaqirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, THAAD qismlari Osandagi harbiy bazaga strategik harbiy-transport samolyoti C-17da yetkazilgan. Ularning orasida ikkita raketa uchirish moslamalari ham bor.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026