Fan-texnika | 17:57 / 07.03.2017
8928
2 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen rulsiz va pedalsiz avtomobil ishlab chiqdi

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Jyeneva avtoko‘rgazmasida Sedric muqobil avtomobilining prototipini namoyish etdi. 

Prototip 2+2 (ikki nafardan yo‘lovchi bir-biriga qarab o‘tiradi) formulasidagi beshinchi avlod haydovchisiz avtomobil hisoblanadi. Bu inson uni boshqarishga umuman aralashmasligini anglatadi. 

Sedric prototipiga ko‘rsatmalar avtomobil ichidagi tugmachalar, ovozli buyruqlar yoki mobil ilova orqali beriladi. Masalan, mashina egasi bolalarni maktabga olib borish, xaridni olib kelish kabi buyruqni tanlashi kifoya, qolganini avtomobilning o‘zi bajaradi. 

Bundan tashqari, yo‘lovchilar kontsept-kar bilan suhbat qurishi ham mumkin. Ya'ni, ular oldindagi vaziyat, vaqt yoki to‘xtashni so‘ray oladi. 

Kontsept-karga old oyna o‘rniga yirik OLED displey o‘rnatilgan, undan ko‘ngilochar to‘plam sifatida foydalanish mumkin. 

Volkswagen Sedric pol tagiga joylashtirilgan batareyalar yordamida ishga tushuvchi elektr dvigatel yordamida harakatlanadi. 

 

Mavzuga oid