Jamiyat | 23:19 / 12.03.2017
6049
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada chiqindi uyumi ostida halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi

Efiopiya poytaxti Addis-Abeba yaqinidagi chiqindi uyumining o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi. 

Avvalroq 35 kishi halok bo‘lgani, 28 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Shahar rahbariyati vakillari ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik qurbonlar ayollar va bolalarni tashkil qilmoqda.

Chiqindixona 50 yildan beri mavjud bo‘lgan.  Voqea vaqtida chiqindixona hududida 150 ga yaqin kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar uyumlar ostidan 37 kishini tirik holda chiqarib olishgan, uyum ostida yana bir necha o‘nlab odamlar qolmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid