Samarqand şahri, Qorasuv dahasidagi çiqindixona yaqinida çala tuğilgan çaqaloq ölik holda topildi. Bu haqda Sevimli telekanali xabar berdi.

Ölik bola Obodonlaştiriş boşqarmasi xodimi tomonidan 7 yanvar kuni ertalab topilgan, uning aytişiça, çaqaloqning boş va oyoq qismida jarohatlar bölgan.

«Boşi va qöli tilingan edi. It yoki biror nima (tilganmi), tuşunmadim. Kiymi yöq edi, oyoqlari hojatxona qoğoziga öralgan edi», dedi xodim.

Hodisa sodir bölgan hududda kuzatuv kameralari örnatilmagan.

13-oilaviy poliklinika akuşer ginekologi Aziza Berdiyeva sözlariga köra, çaqaloq 22 haftalik va kindigi kesilmagan homilaga mos keladi.

«U 4−5 soat oraliğida tuğilgan bölişi mumkin. Davlat tuğuruqxonalariga murojaat qilmay, uyda qilingan tuğruqqa öxşadi. Rivojlanişi normal, qöl-oyoqlari butun, tirnoqlari şakllangan, 500 gramm atrofidagi qiz jinsli çaqaloq», dedi şifokor.

Holat yuzasidan Samarqand şahar IIB tomonidan suriştiruv işlari boşlangan.