Jahon | 20:09 / 12.03.2017
8821
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya vaziri Niderlandiyani "fashizm poytaxti" deb atadi

Niderlandiyaga qo‘yilmagan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Fransiyaning Mets shahridagi nutqida Niderlandiyani "fashizm poytaxti" deb atadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Demokratiya poytaxti deb ataluvchi, men buni qo‘shtirnoq ichida gapiryapman,  Niderlandiya aslida fashizm poytaxti", deb aytgan Chovusho‘g‘lu.   

Avvalroq Erdo‘g‘an Niderlandiya Turkiya bilan munosabatlar o‘rniga parlament saylovlarini afzal ko‘rgani uchun katta haq to‘lashini aytgan.

Niderlandiyada parlament saylovlari 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid