Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pak Kin Xe so‘roq qilinadi
Janubiy Koreyaning impichment tufayli chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xe prokuratura tomonidan 21 mart kuni korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan so‘roq qilinadi. Bu haqda «Ryonxap» axborot agentligi xabar bermoqda.
«Biz chaqiruv qog‘ozini oldik va tergov bilan hamkorlik qilamiz», - deya ma'lum qildi Janubiy Koreya sobiq prezidenti rasmiy vakili.
Pak Kin Xe so‘roqqa 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan 9:30da kelishi kerak.
Avvalroq sobiq prezident Janubiy Koreya fuqarolaridan uzr so‘ragani haqida xabar bergandik.
10 mart kuni Janubiy Koreya konstitutsiyaviy sudining barcha sakkiz nafar sudyasi Pak Kin Xening impichmenti haqidagi parlament qarorini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
21:47 / 26.01.2026
Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin
14:32 / 24.01.2026