Jahon | 12:28 / 20.03.2017
9540
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti matbuot uchun muhim bayonot bilan chiqadi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xening advokati ma'lum qildiki, sobiq prezident 21 mart kuni matbuot uchun muhim bayonot bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

«Pak Kin Xe prokuraturada o‘qish uchun muhim murojaat tayyorlamoqda», — degan u. Advokat ushbu murojaat nima haqidagiga aniqlik kiritmagan.

Impichment tufayli chetlatilgan Pak Kin Xe prokuratura tomonidan 21 mart kuni korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan so‘roq qilinadi. U so‘roqqa mahalliy vaqt bilan 9:30da kelishi kerak. Pak Kin Xega nisbatan 13 punkt bo‘yicha ayblov ilgari surilgan, jumladan korrupsiya bo‘yicha.

Janubiy Koreyada muddatidan ilgari prezidentlik saylovlari 9 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid