Janubiy Koreyada muddatidan ilgari prezidentlik saylovlari 9 may kuni bölib ötadi, deb xabar bermoqda AP agentligi.

Janubiy Koreya qonunçiligiga muvofiq, muddatdan ilgari prezidentlik saylovlari mamlakat konstitutsiyaviy sudi prezident Pak Kin Xening impiçmentini qonuniy deb topganidan söng 60 kun içida ötkazilişi kerak. Sud bunday qarorni 10 mart kuni çiqardi.

Janubiy Koreyada boş vazir Xvan Gyo An vaqtinçalik prezident vazifasini bajarmoqda.

Ma'lumot uçun, mamlakat parlamenti deputatlari ötgan yilning dekabr oyida Pak Kin Xega nisbatan impiçment uçun ovoz berişgandi. Bu prezident aralaşib qolgan korrupsiya mojarosi fonida yuz berdi.