Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes: Tramp bir yil ichida 1 mlrd dollarga "kambag‘allashdi"
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Trampning boyligi bir yil ichida 1 mlrd dollarga kamaydi. Hozirda uning boyligi 3,5 mlrd dollar deb baholanmoqda. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.
Bir yil avval Trampning boyligi 4,5 mlrd dollarga baholanib, u dunyoning eng boy odamlari reytingida 336-o‘rinni egallayotgandi. Hozirda u 544-o‘ringa tushib ketdi.
Yanvarda Tramp uning biznesi o‘g‘illari Kichik Donald va Erik Tramp boshqaruvi ostiga o‘tishini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, o‘g‘illari kompaniyani "professional darajada" boshqara oladilar va u bilan hech narsani muhokama qilmaydilar.
AQSh prezidentining yillik maoshi 400 ming dollarni tashkil qiladi. AQSh prezidenti, shuningdek, davlat byudjyetidan shaxsiy ehtiyojlariga 50 ming dollar, safarlar uchun 100 ming dollar va hordiq uchun 19 ming dollar sarflashi mumkin.
Mavzuga oid
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025
Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib 600 mlrd dollarlik boylikka erishdi
18:54 / 23.11.2025
Trampning boyligi sentabr oyidan beri milliard dollarga kamaydi
22:26 / 16.10.2025