Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidentligiga nomzod Yevroittifoq "o‘lishi"ni ta'kidladi
"Milliy front" ultrao‘ng partiyasidan Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Lill shahrida o‘tkazilgan mitingda Yevropa ittifoqining tez orada barbod bo‘lishidan so‘z ochdi, deb xabar beradi Reuters.
"Yevroittifoq o‘ladi, chunki insonlarga uning ortiq keragi yo‘q. Mutakabbir gegemoniyalar Yer yuzidan o‘chib ketishga mahkum", — dedi u. U, shuningdek, Fransiyada o‘tajak prezidentlik saylovlari "xalqning umumbashariy isyoni"dagi keyingi qadam bo‘lishi ham ta'kidlab o‘tdi.
Ilgariroq berilgan xabarlarga ko‘ra, Le Pen Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya va Fransiya terrorizmga qarshi kurash sohasida razvedka ma'lumotlarini almashish lozimligini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Parij doimiy xatar hisoblanuvchi terrorizmga qarshi real kurash olib borayotgan kuchlar sirasiga kiradi. «Afsuski, bu ommaviy xurujlargina emas, yakkam-dukkam hujumlar hamdir. Barchangiz bir necha kun muqaddam Buyuk Britaniyada yuz bergan xodisalardan xabardorsiz. O‘ylaymanki, davlatlarimiz o‘rtasida razvedka ma'lumotlarini almashish ham foydadan xoli bo‘lmas edi», — dedi Le Pen.
Mavzuga oid
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
12:52 / 06.03.2026
Zelenskiy Orbanning manzilini Ukraina qurolli kuchlariga berish bilan tahdid qildi
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
12:52 / 24.01.2026