Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya suriyalik qochqinlarga 25 mlrd dollar sarfladi
Turkiya dunyoda eng ko‘p sondagi qochqinlarni qabul qilgan davlat hisoblanadi. Bugungi kungacha Turkiya qochqinlar ehtiyojlariga 25 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflagan. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar bermoqda.
Suriyada fuqarolik urushi vaqtida mamlakatning 20 mln lik aholisidan 13,5 mlni jiddiy muammolar va xavfsizlikka tahdidlarga duch keldi. Oxirgi 7 yilda Suriyadan qo‘shni davlatlarga 4,9 mln kishi ko‘chib o‘tgan.
"Anadolu" axborot agentligiga Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasida (AFAD) ma'lum qilinishicha, Turkiyada qochqinlar uchun 26 ta markaz tashkil etilgan. Bu markazlarda ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatiladi va kasbiy tayyorgarlik kurslari faoliyat yuritadi.
AFAD o‘sib kelayotgan suriyaliklarning ta'limiga katta e'tibor qaratadi. Qochqinlar lagerlarida 82 ming suriyalik bola ta'lim olmoqda. Bundan tashqari, Turkiya ta'lim vazirligi ko‘magida bolalar bog‘chalari va maktablar 510 ming suriyalik bolani qabul qilgan.
Qochqinlar markazlaridagi kasbiy tayyorgarlik kurslarini 150 ming suriyalik tamomlagan.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026